27.05.2010 йил
Ayriliq.
Sabrdan najot topolmam hanus,
Bahorim bo'lib hazonli kuz.
Hajring o'tida toqat qolmadi,
Hijron bilan to'qnashdim yuzma yuz.
Ming armon yog'ildi boshimga,
Qayg'u yo'qlab kelar qoshimga.
Sarkshta ko'ngil bo'lar sarob,
Taqdir ham boqmas ohu zorimga.
Ikki sohil va ikki dil,
O'z huzurin topolmas ko'ngil.
Ayriliq o'tidadir yuraklar,
Nohot hayot shunshalar johil.
Hatto soyam voz kechgan mendan,
Yo bo'lmasa ziyo mahrum ko'zimdan.
Vujudimda yo'q mador,yo'q quvonch,
Jidolik isi kelar har soniyamdan.
Kechagina qirol edim sevgimga,
Bugun faqirman qani bahtim.
Bir bor etsam dildor visolingga,
Sensiz erkin nafas ololmas jonim.
Derazam yonida,ko'nglim bog'ida,
Alam qarida,visol chog'ida.
Ayrildim yagonam sendan,
Olam shodligi hotima bo'lgan onda.
|