20.05.2010 йил
Yiroqda.
Sharafga aylangan ko'ngil,
Taqdirim naqadar og'ir.
Oydek yarim bo'lib dil,
Vujudimga yog'ar bo'ldi yomg'ir.
Hazon kabi erga to'kilib,
Alvido deb men tomon kulib.
Ketdi yiroqlarga malikam,
Qoldim o'zim hijronga boqib.
Osmonimga tortildi ziyosiz mato,
Bormu bundan ham og'ir jazo.
G'aribga aylanib o'shal dam,
Nursiz bu diyorda qoldim tanho.
Sochimga ilinar oppoq qor,
Yuragim qanchalar intizor.
Yiroqlarda endi malikam,
Yolg'izlikka men bo'ldim duchor.
Ahli olomonga ziyofat berarman,
Ul ziyofatda o'kirib yig'larman.
Qalbimga taskin berolmas ular,
Ko'zim uzmay yo'lingga qararman.
Bahtim qasri bo'lib vayron,
Butkul rangin yoqotdi bu zamon.
Yiroqlarda endi malikam,
Sog'inch alangada har payt,har on.
|